Skip to content

Ijtimoiy ta'sir media kampaniyasining
veb-saytiga xush kelibsiz
#AsosiysniKo‘rish

Bosh sahifa uchun

“Asosiysini ko’rish” ijtimoiy media kampaniya saytiga xush kelibsiz. 

Ushbu kampaniyaning o’ziga xosligi shundan iboratki,  u Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida OIV bilan kasallangan ayollar bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan. 

2022-yilda biz OIV bilan yashovchi, OIV bilan tez og’riydigan  va zarar ko‘rgan ayollar (shu jumladan OIV bilan kasallangan bolalarning onalari) o‘rtasida ularning kundalik hayotida qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar o‘tkazdik. Olingan javoblar asosida biz “animadok” janrida media-kampaniya yaratdik, bu media-kampaniya bizga badiiy elementlarni real elementlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini berdi. Bu yerda ishtirok etayotgan ayollarning to’g’ridan-to’g’ri iqtiboslari – so’zlaridan ko’chirmalar, ularning ko’z qarashlari tushirilgan fotosuratlar, shuningdek, ovoz berishda milliy tillardagi ovozlaridan foydalanilgan.

Kampaniya materiallari ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek va ukrain tillarida bepul mavjud bo‘lib, shuningdek ulardan onlayn va oflayn reklama uchun foydalanish mumkin bo‘lgan videoroliklar va boshqa komponentlarni ham o’z ichiga oladi. Siz ularni quyida berilgan havolalar orqali topishingiz mumkin. 

“Asosiysini ko’rish” kampaniyasi loyihani amalga oshirayotgan AFEW  kompaniyasi bilan hamkorlikda OIV bilan yashayotgan ayollar tashkilotlari va jamoalari bilan birgalikda Gilead kompaniyasining moliyaviy koʻmagi ostida “EECA mamlakatlarida OIV infeksiyasiga barham berish uchun stigma – tamg’aga qarshi kurash” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

# Asosiysini ko’rish

Matbuot xabari

“ASOSIYSINI KO’RISH” kampaniyasi jamoatchilikning xabardorligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan “EECA mintaqasida OIV/OITSga barham berish uchun stigma – tamg’aga qarshi kurash” loyihasining bir qismi hisoblanadi.

Tarixi

OIV bilan yashovchi odamlarga nisbatan stigma – uyat, sharmandalik tamg’asi va kamsitish hislari davom etib kelmoqda va inson hayotining turli sohalariga ta’sir ko’rsatmoqda, bu esa OIVning oldini olish va davolashda qarama-qarshiliklar va to’siqlarni keltirib chiqaradi va ushbu kasallikdan jabrlangan insonlarning umumiy hayot kechirish sifatini jiddiy ravishda pasaytiradi.

EECA mamlakatlarida OIV bilan yashovchi insonlarni stigmatizatsiya qilish – OIV bilan yashovchi odamlarga nisbatan salbiy munosabatning  shakllanishi o’tkir mavzu bo’lib qolmoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, O‘zbekiston va Ukrainada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari OIV bilan yashayotgan odamlar orasida o‘zini-o‘zi qoralashning yuqori darajasini ko‘rsatmoqda: OIV bilan yashovchi insonlarning  so’rovnomadan o’tkazilgan 81,3% -91,2%  insonlar o’zlarining OIV holatini boshqalardan yashiradilar, so’rovnomada qatnashganlarning yarmi o’zlarining OIV holatidan o’zlarini aybdor va uyatli his qilishadi. 

OIV – infektsiyasi hanuzgacha “noto’g’ri seksual-jinsiy xulq-atvor” bilan bog’liq va aholining marginal guruhlariga tegishli ekanligi bilan izohlanadi. Ayollar OIV bilan bog’liq stigmaga ko’proq moyilliklari bilan ajralib turadilar. Ayollarda OIV stigmasi oilasi va do’stlari tomonidan rad etilish, o’ziga past baho berish, qo’rquv, vahima, depressiyaga tushish, o’z joniga qasd qilish fikri va hatto o’z joniga qasd qilishga urinish holatlari bilan ham bog’liqdir.

OIV bilan yashovchi va undan aziyat chekkan ayollar oʻrtasida oʻz-oʻzini ayblash, kamsitishni kamaytirish orqali ularga nisbatan jamoatchilik munosabatini oʻzgartirish maqsadida AFEW hamkorligi ostida mahalliy tashkilotlar bilan birgalikda “EECA mintaqasida OIV/OITSga barham berish maqsadida stigmaga qarshi kurash” loyihasi ishlab chiqildi.

Media kampaniya 

Media kampaniya ijtimoiy tarmoqlarda onlayn va oflayn usulda foydalanish uchun videoroliklar va tasvirlarni o’z ichiga oladi. Barcha materiallar mahalliy jamoalar bilan yaqin hamkorlikda va EECA mintaqasidagi jamoalar ishtirokida o’tkazilgan keng qamrovli kompleks tadqiqot natijalari asosida yaratilgan. Quyidagi materiallarni yuklab olishingiz mumkin. 

Gilead “Zeroing In: Ending the HIV Epidemic (EHE)” dasturi qo’llab-quvvatlashi asosida.

Loyiha hamkorlari

Ishonch va hayot

Email: info@plwh.uz
Tel: +998 55 503-06-00

Kampaniya materiallari  yuklab olish

Tadqiqot  hisoboti